Joriy yilning 26-27- iyul kunlari Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar bo’limi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu maqsadda Jizzax shahar mahallalarda faoliyat olib borayotgan 34 nafar yoshlar yetakchilari Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax viloyati filialida jam bo‘lishdi.
Mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi masʼul shaxslari hamda psixologlar tomonidan liderlik qobiliyatini shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.