Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali “Asosiy aybdor kim?" sarlavhasi ostida davlat tiliga eʼtiborsizlik, reklama va eʼlonlardagi, xususan, Jizzax shahar saytidagi xatoliklar, tanqid qilingan.
Holat yuzasidan shahar hokimligi hamda tegishli maʼsullar ishtirokida xatoliklar to‘g‘irlandi. Aytib o‘tish joizki, ayni paytda shahar va tuman hokimliklar veb-saytlari qayta ishlash va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Takomillashtirish ishlari o‘z nihoyasiga yetgach qolgan kamchiliklar ham bartaraf etiladi.