Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax viloyatida joylashgan “Istiqlol” bolalar bog‘i taʼmirtalab holda ekanligi, bog‘ aholiga xizmat ko‘rsatmayotgani tanqid qilingan.
Holat yuzasidan shahar hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan ishlar olib borilganida, aniqlanishicha, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 2024-2026 yillarda Jizzax viloyatining Jizzax shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining turmush darajasini yana-da yaxshilash yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorga asosan, Jizzax shahri markazidagi “Istiqlol” istirohat bog‘ini yangicha qiyofaga keltirish, ushbu bog‘ yonidan oqib o‘tuvchi “Sangzor” daryosida sunʼiy havza qurish, bog‘ bo‘yidagi Shifokorlar va Narimonov ko‘chalarini bog‘lash maqsadida tasdiqlangan dasturga muvofiq qo‘shimcha 14,6 mlrd.so‘m mablag‘larni Respublika byudjetidan ajratish belgilangan.