O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PF-11-son) va "Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qoʼshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonlari qabul qilindi.
Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2023 – 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;
fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli roʼyobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish;
sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uygʼotish - Strategiya doirasida odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari etib belgilandi.
Sud mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlash yana-da kuchaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi alohida qayd etiladi.
Shuningdek, Farmon bilan sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlashni kuchaytirish bo‘yicha:
sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;
sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish;
odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni boʼyicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etishga oid choralar belgilandi.
Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2023 – 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
“Inson qadri uchun” gʼoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;
fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yahshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish;
sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish - Strategiya doirasida odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari etib belgilandi.
Sud mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlash yana-da kuchaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi alohida qayd etiladi.
Shuningdek, Farmon bilan sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlashni kuchaytirish bo‘yicha:
sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;
sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish;
odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo‘yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etishga oid choralar belgilandi.
Sud tizimining axborot siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Oliy sud Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalari Аssotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2023 – 2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimining axborot siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirishda faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Sudyalari Аssotsiatsiyasiga:
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudyalar faoliyati bo‘yicha qonunga xilof va asossiz eʼlon qilingan har bir holatga sud hokimiyatining faxriylari tomonidan obektiv ravishda va tezkorlik bilan munosabat bildirib borish;
sudyalar va sud hokimiyatining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan sudlarga murojaat qilish tavsiya etildi.
M.M.Yuldashev
Jizzax tumanlararo
maʼmuriy sudining sudyasi