Joriy yilning 27 may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezident V.V.Putin boshchiligida delegatsiya bilan birgalikda tashrif buyurgan tadbirkorlar va shahar hokimligi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jizzax shahar hokimligi va Rossiya Federatsiyasi tadbirkorlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida Jizzax shahrida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash loyihasi shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishida umumiy qiymati 33,0 mln.dollarlik investitsiya shartnomalari imzolandi.