Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax viloyati Jizzax shahri Olmazor mahallasi Yorqin ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan ularning ko‘chalari asfalt qilinmaganini, 2023-yilda mahallani hamma ko‘chalari dasturga tushganini, biroq ko‘chalar asfalt qilinmasdan qoldirib ketilgani taʼkidlagan murojaat eʼlon qilingan edi.
Aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-sonli qarorning 15-bandida 2024 yildan boshlab xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun byudjet mablag‘lari faqat «Mening yo‘lim» dasturi orqali ajratiladi;
«Mening yo‘lim» dasturi doirasida xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga buyurtmachi bo‘lib Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmatlari hisoblanishi belgilangan.
Shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan tegishli tashkilotlarga Olmazor mahallasi Yorqin ko‘chasini yaxshilash yuzasidan taklif kiritilgan.
Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi