Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahridagi 14-sonli maktab atrofi hamda Sh.Rashidov tumanidagi 10-sonli maktab atrofidagi avtomobil yo‘li infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yo‘llangan murojaat eʼlon qilingan edi.
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabridagi PQ-330-sonli qarorning 15-bandida 2024-yildan boshlab xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun byudjet mablag‘lari faqat «Mening yo‘lim» dasturi orqali ajratilishi belgilab qo‘yilgan.