2024-yil 17-fevral kuni Jizzax shahar hokimligi, mahallalar uyushmasi Jizzax shahar bo‘limi, shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamda mahalla yettiliklari, keng jamoatchilik ishtirokida shaharning barcha mahallalarida PF-209 va PQ-402 ijrosini taʼminlash hamda bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ko‘plab aholi tomonidan bo‘lgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida ommaviy hashar uyushtirildi.
«Obod mahalla», «Obod ko‘cha», «Obod xonadon» loyihalari doirasida katta yo‘l yoqalari, katta ariqlar, ko‘priklarni tozalash, daraxtlarni oqlash, ichki ko‘chalarni tozalash ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, mahallarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.