Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo'limi ijro ishlarini ijrosini ta'minlashda “Sinov” tariqasida to'liq “mahallabay” asosda ishlar tashkil etilmoqda.
Bunda:
- Mahallaning ma'muriy binosiga davlat ijrochisi foto surati va telefon raqamlari hamda qarzdorlik to'lanmasligi natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar ko'rsatilgan banner (doska) o'rnatish;
- Biriktirilgan mahallaga davlat ijrochisini tanishtirish va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olish uchun “Mahalla yettiligi” va ko'cha oqsoqollari ishtirokida yig'ilish tashkil qilish;
- Davlat ijrochisiga bir mahalladagi barcha toifadagi hujjatlar berilishini inobatga olib, yo'nalishlar bo'yicha tahlil qilib borish;
- “Mahallabay” ishlash tizimini joriy etish jarayonida yuzaga kelgan muammolarlarni bartaraf qilish va tizimni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Takliflarni amaliyotda sinov tariqasida qo'llash orqali baholab borish kabi bir qator vazifalar ko'zda tutilgan.
Xususan joriy yilning o'tgan davrida bo'lim ish yurituvidagi 1 trln. 240 mlrd. so'mlik 46 796 ta ijro hujjatlar bo'yicha ijro harakatlari amalga oshirilib, shundan 1 trln. 33 mlrd. so'mlik 33 612 ta ijro hujjatlari bo'yicha yakuniy qarorlar qabul qilindi.
- Davlat foydasiga 386 mlrd. so'mlik 27 246 ta ijro hujjatlaridan 20 088 tasining ijrosi ta'minlanib, 310 mlrd. so'm qarzdorlik undirilishi natijasida mahalliy byudjetga tushumlar salmog'i sezilarli darajada ortdi.
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand shahar fuqarolarini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida 8 mlrd. 523 mln. so'm mablag' yo'naltirildi.
- Yil davomida Jizzax shahrida yashovchi voyaga yetmaganlar foydasiga 7 mlrd. 754 mln. so'm aliment pullari undirib berildi, 1 mlrd. 175 mln. so'm aliment pullari oldindan to'lanishi ta'minlandi.
- Buzilgan turar joylari va bino inshootlari uchun jami 4 mlrd. 905 mln. so'm, shundan fuqarolarga 3 mlrd. 886 mln., tadbirkorlarga 1 mlrd. 19 mln. so'm kompensatsiya zarar pullari undirib berildi.
- G'ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatilgan 37 nafar fuqarolar ishga tiklanib, 425 mln. so'm ish haqlari undirib berildi.