Muhtaram Prezidentimiz 2016-yil 19-dekabrda prokuratura xodimlari uchun muhim tarixiy sanaga asos soldilar. Ya’ni, “8 yanvarni – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni” deb belgilash haqidagi qonunni imzoladilar. Ushbu sana mana 8 yildirki, yurtimizda bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Bugun sana munosabati bilan shahar hokimligi majlislar zalida taqdirlash tadbiri tashkil etilib, shahar hokimligi tomonidan shahardagi bir qator soha vakillari munosib taqdirlandi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati