Yig‘ilish kun tartibiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qaroridan ijrosi yuzasidan so‘z yuritildi.
Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan shahar hokimi tomonidan manzilli ko‘rsatmalar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati