Davlatimiz rahbarining 2021 yil 26 martda imzolagan «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida 2021-2023 yillarda maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan edi.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 18 dekabr kuni Jizzax shahar Zargarlik mahallasi hududida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ziyo maskanida tadbirlar tashkil etish uchun konferensiyalar zali, badiiy adabiyotlar bilan boyitilgan zamonaviy kutubxona, to‘garaklar hamda xodimlar uchun ish xonalari tashkil qilingan.