O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi arafasida Jizzax shahrida 4 ta ijtimoiy soha obyektlari jumladan: 41-DMTT, 30-31- ixtisoslashtirilgan maktablar hamda 6-son oilaviy poliklinika ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Ochilish tadbirida shahar hokimi K.Xolmurodov, sektor rahbarlari, viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi o‘rinbosari Sh.Damanova hamda tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Komil Xolmurodov o‘z so‘zida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq deya ta‘kidlab o‘tdi.
Aytib o‘tish joizki, ijtimoiy soha obyektlari zamon talablariga mos, jahon standartlari asosida qurilgan bo‘lib, o’quvchi, tarbiyalanuvchi hamda fuqarolar uchun barcha qulayliklarga ega.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati