Konstitutsiya ijrosini to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼminlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir.
Shu munosabat bilan, viloyat prokuraturasining xodimlari tomonidan Jizzax shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimizning bosh omili ekanligidan kelib chiqib, “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, Konstitutsiya normalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.