Davlatimiz rahbarining faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax shahrida ham ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Ergashev boshchiligida shahar hokimligi iqtisodiy kompleks xodimlar birgalikda mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdi.Kuni kecha, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Ergashev boshchiligida shahar hokimligi iqtisodiy kompleks xodimlar birgalikda mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdi.
Ikki kun mobaynida hokimlik xodimlari tomonidan 2700 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari shahrimizning Amir Temur mahallasi hududiga ekildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati