Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Jizzax shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi «2023 - 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-146-sonli qarori ijrosini taʼminlash, Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, shahar sektor rahbarlari, mahalliy deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari, mahalliy va respublika telekanallarining viloyatdagi muxbirlari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Onalboyev tomonidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan olib borilgan va olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati