Jizzax shahar 4-sektor rahbari J.Axbo’tayev sector shtabida mahallalardagi hokim yordamchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahallada olib borilayotgan obodonchilik ishlari, aholini ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarga "Ayollar daftari" orqali berilayotgan yordamlarni koʻpaytirish, yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik sodir boʻlishining oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham amalga oshiriladigan vazifalar bo'yicha hokim yordamchilari bilan kelishib olindi.