2023-yilning 10-oktabr kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “ XXI asr ayoli” festivali o‘tkazildi.
Tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Halima Negmatova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo`limi, Jizzax shahar Madaniyat bo`limi, xotin qizlar faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida mahallalardagi tadbirkor va ishbilarmon ayollarning ishlab chiqarayotgan hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari tashkil etildi. Jizzax shahar Madaniyat bo`limi xonandalari hamda raqqosa qizlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.
Yakunda turli sohalarda ishlab, ibrat bo‘lib kelayotgan faol xotin-qizlar hamda tanlov g'oliblari taqdirlandilar.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati