Aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini hal etish, xalq orasida bo‘lish hozirgi kunda har bir rahbar xodimning vazifasiga aylanib ulgurgan.
Haftaning har shanba kunlari shahar hokimining qabuli ana shunday murojaatchilar bilan gavjum bo‘ladi. Murojaatchilar orasida boquvchisini yo‘qotgan, uy joy taʼmiriga muhtoj, oilasida nogironlari bor, turmush sharoiti og‘ir o‘zi esa “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarni ham uchratish mumkin.
Albatta o‘sha vaqtning o‘zida hal qilsa bo‘ladigan murojaatlar bo‘lgani kabi vaqt, mablag‘, alohida eʼtibor talab qilinadigan murojaatlar ham uchraydi.
Ana shunday murojaatlarning 156 tasi uy joy taʼmiri bilan bog‘liq murojaatlardir. Bugun “Saxovat va ko‘mak” hamda “Ayollar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan uy joy taʼmiriga muhtoj, Ayollar daftariga kiritilgan 51 nafar xotin-qizlarga qurilish materiallari beminnat tarqatildi.
Yil yakuniga qadar ro‘yxatga kiritilgan murojaatchilarning barchasiga qurilish materiallari to‘liq yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Jizzax shahar hkimligi Axborot xizmati