Ijtimoiy tarmoqlarda“Kimyogar mahallasi A.Navoiy ko‘chasidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning chiqindilari yig‘ilib qolib, olib ketilmayapti” mazmunidagi xabar yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan tezkor tadbir amalga oshirildi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu hudud shahar “Toza hudud” DUK qamrovidagi hudud bo‘lib, chiqindilar “Toza hudud” DUK xodimlari tomonidan tozalandi va muammo bartaraf etildi.