Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yashil bozor” oldidagi kanalga chiqindilar tashlangani va tozalanilmayotganidan shikoyat qilingan murojaat e’lon qilingan edi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati va shahar hokimligi qurilish bo‘limi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari amalga oshirildi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu hudud shahar Obodonlashtirish boshqarmasi qamrovidagi hudud bo‘lib, ayni paytda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan muammo bartaraf etildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati