Begiyev Xasan G‘afurovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori etib tayinlandi.
Bunga qadar, Zafarobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati