Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi va “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.
Jizzax shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan qonunlar ijrosi yuzasidan shaharning markaziy hamda ichki ko‘chalaridagi simyog‘och, gaz uzatish tarmoqlari hamda daraxtlarga noqonuniy o‘rnatilgan tashqi targ‘ibot vositalari olib tashlandi.
Shuningdek, shahar hududidagi savdo va xizmat ko'rsatish obyektlari peshtoqidagi yozuvlar holati o'rganildi va tadbirkorlik subyektlariga tushintirish ishlari olib borildi. Peshlavhasidagi nomlavhalarining muqobil tarjimalari berildi. Eng quvonarlisi tadbirkorlarda o'z ona tilimizga, davlat tilimizga bo'lgan e'tibor va hurmat toboro ortib bormoqda.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati