Avvalroq Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Boshqirdiston Respublikasi hukumati shaharlarni rivojlantirish va raqamli transformatsiya bo‘yicha “Smart” forumida ishtirok etish hamda Jizzax shahrini “Aqlli shahar” konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida joriy yilning 26-28-iyul kunlari Ufa shahrida o‘tkazilgan Forumda ishtirok etganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Shular bilan bir qatorda forum doirasida Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida joylashgan “Shahar yagona navbatchi” dispetcherlik xizmati (112 xizmati) fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha maʼlumotlarni qabul qilishi, qayta ishlashi, tahlil qilishi va tegishli axborot xizmatiga yuborishi, so‘ngra uning bajarilishi ustidan majburiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqildi.
Kelgusida Ufa tajribasi asosida Jizzax shahrida ham ana shunday takomillashgan xavfsiz hudud dispetcherlik tizimini tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati