Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Boshqirdiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari hamda Boshqirdiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanish va investitsiya siyosati vaziri taklifiga binoan, Boshqirdiston Respublikasi hukumati shaharlarni rivojlantirish va raqamli transformatsiya bo‘yicha “Smart” forumida ishtirok etish hamda Jizzax shahrini “Aqlli shahar” konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 26-28-iyul kunlari Ufa shahrida o‘tkazilgan Forumda ishtirok etdi. O‘tkazilgan Forumda salohiyatli kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi hamda xizmatlar sohasi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, Ufa shahrining “Aqlli shahar” forumida raqamli shahar, aqlli svetafor, xavfsiz hudud tizimlarini ishlab chiquvchi kompaniyalar PAO “Rostelekom”, “OOO “Ntechlab” , AV “Technology” , GK “Softline” kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ahamiyatli loyihalar taqdimoti bilan tanishildi va “Aqlli shahar” ishlab chiqilishida eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar to‘g‘risida fikr almashildi. Ayni paytda dastur mualliflari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblar olib borilmoqda.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati