Jizzax shahar telekanali “Zamin” axborot dasturi orqali Alisher Navoiy mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida chiqindilar sochilib yotgani, daraxtlar sindirib ketilgani, aholida ekologik madaniyatning yetishmasligi, mahalla raisi va faollarining eʼtiborsizligi tanqid qilingan.
Shahar hokimligi mutasaddilari, tegishli tashkilotlar hamda shahar hokimligi Axborot xizmati olib borgan tezkor tadbirlar tufayli mazkur holat bartaraf etildi. Tegishli tashkilotlar hamda mahalla beshligi tomonidan aholiga ekologik madaniyat to‘g‘risida tushunchalar berilib, qatʼiy ogohlantirildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati