Jizzax viloyati hokimligiga qarashli olti qavatli binoning 4-qavatidagi viloyat hokimligi Axborot xizmati media markazida Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibi Nodira Karimova ishtirokida “Xalq deputatlari Jizzax viloyat, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan 2023 yilning I-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanini viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi Akmal Binokulov ochib berdi.
Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibi Nodira Karimova “Xalq deputatlari Jizzax viloyat, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan 2023 yilning I-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” to‘xtalib o‘tdi.
2023-yilning I-yarim yilligi davomida Xalq deputatlari Jizzax viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati ko‘rsatmalari va qarorlari hamda viloyat, tuman (shahar) Kengashlarining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejalari asosida samarali ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, 2023- yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning ijrosi, hokimlar, ularning o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma tashkilotlarning hisobot va axborotlarini eshitish rejalashtirildi va muntazam hisobotlar ish rejasiga asosan eshitib borildi. Doimiy komissiyalar, siyosiy partiyalarning viloyat Kengashlari, partiya guruhlari rahbarlari ishtirokida doimiy komissiyalar, partiya guruhlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari tomonidan ish rejalarida belgilangan tadbirlar, sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida barcha doimiy komissiyalarning yig‘ilishlari o‘tkazildi. Shu bilan birgalikda, mazkur doimiy komissiya yig‘ilishlarida tuman (shahar) Kengashlarining tegishli doimiy komissiya raislari ham ishtirok etdi.
2023 yilning I-yarim yilligi davomida Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan jami 70 ta sessiyalar o‘tkazilgan bo‘lib, 1069 ta masalalar muhokama etilgan. Shundan: xalq deputatlari viloyat Kengashining4 ta sessiyasi o‘tkazilib, 97 ta masalalar muhokama qilingan bo‘lsa, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining 66 ta sessiyasi o‘tkazilib, 972 ta masalalar muhokama qilingan. Mazkur o‘tkazilgan sessiyalar o‘z vaqtida ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
Xususan, o‘tkazilgan 70 ta sessiyalarda jami 1069 ta masalalar muhokama etilgan bo‘lsa, shundan: hisobotlarni eshitish 33 ta, axborotlarni eshitish 215 ta, muhokama etish 73 ta, nazorat-tahlil tadbirlari 121 ta, vakolat doirasidagi qarorlarni tasdiqlash 22 ta, hokim qarorlarini tasdiqlash 6 ta, kengash qarorlarini bekor qilish 1 ta va boshqa masalalar 294 tani tashkil etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga saylangan deputatlar tomonidan 2023 yilning I-yarim yilligi davomida fuqarolarning murojaatlari asosida tegishli tashkilot rahbarlariga jami 416 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan. Shundan, 78 ta deputatlik so‘rovi viloyat Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan bo‘lsa, 338 ta deputatlik so‘rovi tuman (shahar) Kengashlari deputatlari tomonidan yuborilgan. Shuningdek, tegishli tashkilot rahbarlariga yuborilgan jami 416 ta deputatlik so‘rovidan 401 tasiga o‘z vaqtida javob berilgan va ijobiy hal etilgan, 5 ta deputatlik so‘rovi sessiyada muhokama etilgan.
2023 yilning I-yarim yilligi davomida Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga saylangan deputatlar tomonidan mahallalarda 2376 ta uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan 3382 ta muammolar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 2968 tasi ijobiy hal etilgan. Shu bilan birga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 3088 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 2363 tasi ijobiy hal etilgan, 79 ta murojaat rad etilgan, 591 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berilgan va 55 ta murojaat ish jarayonida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlisi kun tartiblariga kiritilgan qonunlar bo‘yicha 217 marotaba muhokamalar o‘tkazilib, muhokamalar natijasida 394 ta takliflar kelib tushdi. Shuningdek, yangi qabul qilingan Qonunlar bo‘yicha 1800 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari va deputatlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 4367 marotaba chiqishlar bo‘ldi. Shundan, Respublika gazetasida 34 ta, televideniyada 90 ta va radioda 35 ta, mahalliy gazetalarda 230 ta, televideniyada 251 ta, radioda 102 ta, internet saytlarida 1102 ta, ijtimoiy tarmoqlarda 2463 ta chiqishlar bo‘ldi. Shu bilan birga tasdiqlangan media-reja bo‘yicha televideniyada 18 ta, radioda 11 ta, mahalliy gazetalarda 31 ta yoritildi.
2023 yil 3 fevral kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati majlislar zalida mahalliy kengashlar kotibiyati xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda mahalliy kengashlarning o‘tgan davrdagi faoliyati va 2023 yilga mo‘ljallangan ish rejalar muhokama etildi.
2023 yil 8 fevral kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati majlislar zalida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqotda deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida deputatlar davlat dasturi loyihasiga o‘zlarining taklif va mulohazalari bilan ishtirok etdi.
2023 yil 17 fevral kuni 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati bo‘yicha “Jamoatchilik nazorati” ko‘rsatuvi tashkil etildi. Mazkur ko‘rsatuvda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
2023 yil 28 fevral kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, 45-“Yangiqishloq” saylov okrugi deputati Nodira Karimova tomonidan Forish tumani Uchquloch va Xonbandi mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1-guruh nogironi Mansur Suyunov va ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan aholi vakillari xolidan xabar olindi.
Shuningdek, 27 fevral kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2023 yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan 38 ta banddan iborat media-rejasi tasdiqlandi. Bugungi kunda mazkur media-rejaga asosan, seminarlar, davra suhbatlari, muloqotlar o‘tkazilib, o‘z vaqtida ommaviy axborot vositalarida yoritib kelinmoqda.
2023 yil 16 - 17-mart kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida belgilangan rejaga asosan, tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur o‘tkazilgan seminarlarda jami 330 nafar Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari ishtirok etdi.
2023 yilning mart-aprel oylarida Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha jami 1427 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 468 ming 634 nafar ishtirokchilar qamrab olindi.
2023 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil4 avgustdagi “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-345-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha viloyatdagi Oilaviy bolalar uylari faoliyati o‘rganildi va tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etildi.
2023 yil 4 aprel kuni Jizzax viloyat televideniyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori ijrosi bo‘yicha “Jamoatchilik nazorati” ko‘rsatuvi tashkil etildi. Mazkur ko‘rsatuvda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati xodimlari, deputatlar ishtirok etdi.
2023 yil 8 aprel kuni “Nodavlat notijorat tashkilotlar uyi” majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Referendumiga oid targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Barqaror rivojlantirish markazi vakillari hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova ishtirok etdi.
2023 yil 10 may kuni Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyati xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘tkazilgan yig‘ilishda 1-chorak davomida mahalliy kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar muhokama etildi.
2022 yilning 2-yarim yilligi davomida Jizzax viloyati korrupsiyaga qarshi kurash hududiy kengashi faoliyatini reyting baholash mezonlarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘z vaqtida taʼminlandi va amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga taqdim etildi. Milliy kengash tomonidan reyting baholash natijalariga ko‘ra Jizzax viloyati korrupsiyaga qarshi kurash hududiy kengashining o‘tgan davrdagi faoliyati yuqori baholanib, 1-o‘rinni egalladi.
2023 yil 2 may kuni Jizzax viloyat televideniyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur muloqotda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi aʼzolari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari hamda boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
2023 yil 11 may kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurash hududiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda hududiy kengashning o‘tgan davrdagi faoliyati va kelgusida belgilangan vazifalar muhokama etildi. Shu bilan birga yig‘ilishda ochiqlik indeksi natijalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati