Jizzax shahar Sangzor mahallasida joylashgan 4-sonli Davlat maktabgacha talim muassasasi 60 o‘ringa ega bo‘lib, u 1950-yilda qurilgan. 123 yillik bino sharoiti ham yoshiga mos og‘irroq holatga kelib qolgandi.
Joriy yilning may oyidan Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov tashabbusi bilan 150 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy va barcha sharoitlarga ega maktabgacha talim binosi qurilishi boshlanib ketgan.
"Sangzor mahallasi fuqarolari ushbu bog‘chani qurilayotganidan mamnun, aholi soni mahallamizda ham kengayib bormoqda o‘z-o‘zidan bog‘cha o‘rni ham 150 o‘rinli bo‘lgani quvonarli” – deydi biz bilan suhbat chog'ida “Sangzor” MFY raisi Tolibjon Dehqonov.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati