Jizzax shahar prokurori Muzaffar Mamatov muttasadi idora mas’ullari bilan shahar elektr taqsimlash punkti faoliyati bilan tanishib, kutilayotgan issiq kunlarda aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, energoresurslardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va qonuniy chora ko‘rish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan ishlar ahvoli o‘rganilib, avariya joylariga zudlik bilan yetib borish va ta’mirlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, aholi gavjum bo‘lgan Tinchlik va Xayrobod mahallasidagi elektr ta’minoti o‘rganilib, yaroqsiz tungi yoritish moslamalarini o‘z vaqtida ta’mirlanishi nazoratga olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati