Ijtimoiy tarmoqlarda “Qaliya MFY da 408 qaror ijrosi” nomli video lavha tarqalgandi. Unda Jizzax shahar Qaliya mahallasidagi ichki yo‘llar ta’mirlanmaganligi holati aytib o‘tilgan va ushbu holatga
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qaliya MFY da 408 qaror ijrosi” nomli video lavha tarqalgandi. Unda Jizzax shahar Qaliya mahallasidagi ichki yo‘llar ta’mirlanmaganligi holati aytib o‘tilgan va ushbu holatga Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati rahbari shuni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori doirasida Qaliya mahallasi ichki yo‘llari aslida dasturga kiritilmagan.
Shu bilan birga 2023-yil 15-iyundagi Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining qaroriga asosan manzilli dastur ishlab chiqilgan, bunga asosan Jizzax shahar Qaliya mahallasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 9 km masofagacha dastur belgilangan.
Mazkur dasturga asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan summa 810 mln. so‘mni tashkil etadi. Hozirda loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu yo‘l qurilishi “Jizzax yo‘l qurilish ta’mirlash” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.