O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-93-sonli farmoniga ko‘ra 2023-yil 4-iyul kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida seminar tashkil etildi.
Seminarda Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov, shahar hokimi 1-o‘rinbosari Aziz Ergashev, shahar 4-sektor rahbari Jo‘rabek Axbo‘tayev, shahar hududidagi bank rahbarlari, shahar hokim yordamchilari hamda shahardagi yirik korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-93-son Farmoni bo‘yicha tadbirkorlar uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida savol javob tashkil etildi.