Joriy yilning 23-iyun kuni Jizzax shahar 4-sektor rahbar o‘rinbosari Yo.Djonodilov, hokim yordamchisi, mahalla raisi, mahalla profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda mahalla hotin-qizlar faollari birgalikda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazishdi.
Sayyor qabulda Toshloq, A.Temur, Sangzor mahallalaridan fuqarolar ishtirok etishdi. Sayyor qabul davomida Fuqarolarni va yoshlarimizni qiynab kelayotgan muammolar, mahalla hududida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati