Jizzax shahar hokimligi va mas’ul tashkilot ishchi guruhi tomonidan 2023-yil 22-iyun kuni shahar hududida faoliyat olib borayotgan 83 nafar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan reklama joylashtirish faoliyati o‘rganilib, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonun talablariga javob bermaydigan noqonuniy reklama bannerlaridan 48 tasi ishchi guruh tomonidan joyida oldirildi. Qolganlariga qonun talablariga moslashtirish haqida tushuntirish berildi.
Ishchi guruh tomonidan 3 nafar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan joylashtirilgan 5 kvadratdan ortiq bo‘lgan reklama bannerlariga shahar hokimligi bilan shartnoma qilishga kelishib olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati