2023-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi X.Primqulova hamda Jizzax shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Negmatova bilan birgalikda Jizzax shahar Hamid Olimjon mahallasi Tog‘terak ko‘chasi 62-uyda yashovchi Yusupova Iroda Burxanovnaning xonadoni o‘rganildi.
Farzandi Yusupov Islomjonning nogironligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini inobatga olib unga nogironlik aravachasi berildi. Ona va bolaning salomatligi tibbiyot xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori doirasida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati