O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi X.Primqulova hamda Jizzax shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Negmatova bilan birgalikda 2023-yil 16-iyun kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan, 5 nafar farzandi bor, 2 nafar nogiron farzandlari o‘zi bilan birga yashovchi fuqaro Murodova Ma’rifatga Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi yangi uy-joy foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan ushbu xonadonda M.Murodovaning oilasi farovon hayot kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati.