O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi X.Primqulova hamda Jizzax shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Negmatova bilan birgalikda 2023-yil 16-iyun kuni “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, Karvonyo‘li ko‘chasi 4-uy, 1-xonadonda yashovchi Ergasheva Dilorom Yuldosh qizining Prezident portaliga qilgan murojaati atroflicha o‘rganildi, aliment to‘lovlarini undirish masalasi Jizzax viloyat majburiy ijro byurosi mas’ullari zimmasiga yuklatildi, fuqaro D.Ergashevaga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati