Yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha har bir mas’ul rahbarlarga yoshlarning manzilli ro‘yxatlari yetkazildi va yoshlar muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan ma’lumotlarni doimiy ravishda shtabiga kiritib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, Jizzax shahar hokimi, 1-sektor rahbari Komil Xolmurodov joriy yil 15-iyun kuni “Yoshlik” MFY 1-sektor binosida shaharning Yoshlik, Bunyodkor, Qaliya mahallalarida istiqomat qiluvchi og‘ir toifaga kiritilgan 10 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda har bitta yoshning muammosi tinglanib, ularning oldidagi muammolari yechimi bo‘yicha tushuntirildi va ularga amaliy yordam berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati