Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili Bayrambek Uzokov Jjizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi.
Bayrambek Uzakov saylovchilarni Shavkat Mirziyoyevning hayoti, mehnat faoliyati bilan tanishtirar ekan, nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan beshta ustuvor maqsadni o‘zida mujassam etgan xalqchil g‘oya, maqsad va vazifalar mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek uchrashuv davomida so‘z olganlar ham erkin va farovon, qudratli davlatni qurishda, ko‘pmillatli xalqimizning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda ya’ni, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda mazkur siyosiy jarayonga befarq bo‘lmaslik va bu jarayonda faol ishtirok etish lozimligini ta’kidladilar.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati.