Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax shahri M.Ulug’bek MFY Temiryo’lchilar ko’chasi 9-ko’p qavatli uylarda istiqomat qiladigan fuqarolardan murojaat...” mazmundagi video lavhaga
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax shahri M.Ulug’bek MFY Temiryo’lchilar ko’chasi 9-ko’p qavatli uylarda istiqomat qiladigan fuqarolardan murojaat...” mazmundagi video lavhaga Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati shuni mal’lum qiladi.
Jizzax shahri Ulug‘bek mahallasidan shahar hokimligining 15.06.2017 yilda 1112-sonli qarori asosida “Gulrux Mega Stroy” MCHJga ko‘p qavatli turar-joy va noturar joy binolari qurish bo‘yicha ruxsat berilgan.
Xozirgi kunda “Gulrux Mega Stroy” MCHJ tomonidan qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagan bo‘lsada fuqarolar tomonidan xondonlarga yashash uchun kiritilgan, shu boisdan fuqarolarga yashash sharoitiga zarur bo‘lgan elektr energiyasi hamda qavatlarga chiqishi uchun lift qurilmasi zarur bo‘lganligi sababli fuqarolar tomonidan hozirda e’tirozlar bo‘layotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan bo‘layotgan muammolar tadbirkor va fuqaro o‘rtasidagi kelihsuv bunda shahar hokimligining aloqasi yo‘qligi, bu muammolarni bartaraf etish va xavfsizligini ta’minlash tadbirkorlik sub’ekti ya’ni “Gulrux Mega Stroy” MCHJ tomonidan ko‘rib chiqilishi hamda turar joy binosi to‘liq tugatilgandan so‘ng, fuqarolarni turar joy binosiga kiritish lozim ekanligini bildiramiz.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati