Joriy yilning 5-iyun kuni Jizzax shahar hokimining maslahatchisi Surayyo Sherqo‘ziyeva va ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida shaharning Sharof Rashidov, Islom Karimov hamda Mustaqillik shoh ko‘chalaridagi tashqi yozuvlar, e’lon va targ‘ibot materiallari qonun talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida talabga javob bermaydigan tashqi yozuvlar aks etgan bannerlar joyida olib tashlandi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati