Jizzax shahrida “Tashabbusli byudjet” loyihasini byudjet jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan 2023-yil 6-iyun kuni shahardagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi majlislar zalida ochiq muhokama tashkil etildi.
15-iyunga qadar hududlarda fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar yig‘ish ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Shunga asosan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hodimlari tomonidan tashkil etilgan muhokamada mahalla raislari, hokim yordamchilari va faol fuqarolar tomonidan bildirilgan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati