Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 53-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Jizzax shahar hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, kun tartibiga aloqador korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi – Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov olib bordi.
Birinchi masala Jizzax shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Rasulovning shahar hududida 2023-yilning o‘tgan davr mobaynida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi Jizzax shahar uchastka saylov komissiyalari a‘zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida bo‘ldi.
Shundan so‘ng shahar mahalliy byudjeti hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalalari to‘g‘risida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining deputati Shavkat Azimov hisobot berdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan sessiya tegishli qaror qabul qildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati