2023-yil 26-aprel kuni yoshlar bandligini ta’minlash qizil va sariq toifadagi yoshlar bilan manzilli ishni tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 2023-yil 26-aprel kuni Sambhram unversitetining faollar zalida yoshlar bandligini ta’minlash qizil va sariq toifadagi yoshlar bilan manzilli ishni tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Jizzax viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Aziz Ergashev, shahar hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suyun Silliyev, Jizzax shahar soliq bo‘shqarmasi boshlig‘i 4-sektor rahbari Jurabek Axbo‘tayev, shahar hokimligining kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari Bahodir Zulfiqorov hamda shahardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati