2023-yil 25-aprel kuni Jizzax shahri bilan do‘stona almashinuv va iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xitoy xalq respublikasining Shenchjoy shahri, Xebey provinsiyasi vakili Janob Shuyu va Mei Boris bilan Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov o‘rtasida o‘zaro kelishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston respublikasi bilan XXR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va birgalikda rivojlanishga erishish uchun tomonlar maslahatlashuvlaridan so‘ng do‘stona almashinuv, turizm, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishda Xitoy davlatining salohiyatli investorlarini jalb qilishga kelishib oldilar.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati