Seminarda Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimlari, Jizzax viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati raisi, viloyat sudining sudyalari, tumanlararo va tuman sudlari sudyalari hamda tugatish (sud) boshqaruvchilari ishtirok etishdi.
Jizzax viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati raisi J.K.Qaxxarov kirish so‘zi bilan ochib, tumanlararo va tuman sudlari tomonidan bankrot deb topilgan, uzoq muddatdan buyon tugatish ishlari yakuniga yetmagan ishlar mavjud ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Qarzdor “Grand tower” masʼuliyati cheklangan jamiyati kreditorlarining 23.08.2022-yildagi 27-sonli yig‘ilishida “Grand tower” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Jizzaxlik mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘chmas mulk (“Grand Hotel Uzbekistan” mehmonxonasi) bozor bahosi 40.805.438.000 so‘m va Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Jilli-guli mahallasi, Amir Temur ko‘chasida joylashgan ko‘chmas mulk (“Sangzor” kemping) bozor bahosi 4.180.574.000 so‘m, jami 44.986.012.000 so‘m boshlang‘ich bahoda E-IJRO Auksion kim-oshdi savdosiga mulkiy majmua sifatida qo‘yish yuzasidan qaror qabul qilingan.
Shu bilan bir qatorda, arizachi Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasi sudga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “Instyle” masʼuliyati cheklangan jamiyatini bankrot deb topishni so‘ragan.Sudning 2021-yil 22-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan qarzdor “INSTYLE” masʼuliyati cheklangan jamiyati bankrot deb topilib, tugatishga doir ish yuritish boshlangan va 3-toifali sud boshqaruvchisi A.Qo‘ysinov qarzdorni tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.
Bugungi kunda qarzdorga tegishli mol-mulklar mahalliy davlat xokimiyati idorasi vakillari ishtirokida xatlanib, to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilib, mol-mulki auksion savdolarida sotish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda bunda kreditorlari: Jizzax viloyat DSB (2.459.396.600) va Xamkorbank ATB (1.592.500.000), jami qarzi 4.132.985.540 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, arizachi “Agrotexmash-DD” masʼuliyati cheklangan jamiyati sudga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “Paxtakor agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyatini umumiy taomil bo‘yicha bankrot deb eʼtirof etishni so‘ragan.
Sudning 2021-yil 6-sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan qarzdor “Paxtakor agroservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati bankrot deb topilib, tugatishga doir ish yuritish boshlangan.
2023-yil 1-mart holatiga 31 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ketayotgan tugatish ishlari muddati 3 oydan ortiq davom etayotganlar to‘g‘risida to‘xtalib, qisqa muddat ichida soddalashtirilgan tartibda tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha yakuniy hisobotlarni iqtisodiy sudga taqdim qilinishini va ushbu masala bo‘yicha doimiy ravishda iqtisodiy sudi sudyalari bilan hamkorlikda bo‘lishini maʼlum qildi.
Yig‘ilish so‘ngida qatnashchilari mazkur masalalarda hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishib olishdi.