Jizzax shahar Shodlik mahallasida amalga oshirilayotgan oliyjanob ishlarga bosh-qosh bo‘lib o‘zining fidokorona mehnati bilan el-yurtimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shayotgan Shodlik mahalla raisi Bahrom Meliyev “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Xalq ishonchini oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Bahrom Meliyevni Jizzax shahar hokimligi nomidan ushbu mukofot bilan tabriklab, kelgusida serqirra faoliyatida yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati