2023-yil 22-mart kuni Jizzax shahrida “Mahalla tizimi xodimlari kuni” nishonlandi. Shuningdek, soha xodimlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax shahar hokimi hamda sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov barcha mahalla tizimi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Aholi bilan ishlash, ularning muammo va takliflarning yuqori bo‘g‘inga yetib borishida mahalla raisi xodimlari munosib ko‘prik vazifasini o‘tayotgani e’tirof etilib, ularga hokim tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari berildi.
Bayram tadbirida shahar hokimi 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan Referendumda mahalla tizimi xodimlari alohida faollik ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati