2023-yil 16-mart kuni Jizzax shahar 2-sektor hududida “Tinchlik” MFYda joylashgan 26-sonli maktab binosida sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Unda 38 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi.
2-sektor rahbari Muzaffar Mamatovning fuqarolar bilan suhbatida asosan, Jizzax shahrida 2023-yil muqobil energiya manbaalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish va quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha, yoshlarning ta’lim-tarbiya masalalari, mahalladagi ijtimoiy muammolar, jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va shu kabi dolbzarb mavzular ko‘tarildi.
Murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Ko‘rib chiqish uchun muddat talab etiladigan 8 ta murojaatlar bo‘yicha sektor shtabi tegishli mas’ul xodimlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.