2023-yilning 14-mart kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Jizzax viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i F.A.Saloxiddinovning shahar mahallalarida faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, xotin-qizlar faollari hamda hokim yordamchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jizzax shahar mahallalarida o‘tgan 2022-yilda mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan amalgan oshirilgan ishlar sarhisobi bilan birga kelgusi 2023-yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, joriy yilda Jizzax shahrida 5268 nafar xotin-qizlarining mahallada shakllantirilgan “Ayollar daftari”ga kiritilganligi, 5470 nafar ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish orqali oila daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati