2023-yil 15-mart kuni Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov Arxitektura va qurilish texnikumida bitiruvchi talabalar tomonidan tashkil etilgan “Navro‘z” bayramiga tashrif buyurdi.
Tashrifi davomida Komil Xolmurodov bitiruvchi talabalarga o‘zining bayram tilaklarini aytib, ulardan kelajakda umidlari katta ekanligini ta’kidlab yanada ko’proq o‘qish kerakligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Komil Xolmurodov talabalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan sumalakdan hamda boshqa milliy taomlaridan tatib ularga yuksak baho berdilar. Tadbir so‘ngida bitiruvchilar Komil Xolmurodov bilan esdalik rasmga tushishdi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati